Yordamchi qiz
4 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
::
Oilamiz uchun uzoq muddat ishlash niyatidagi, halol, ozoda va mas’uliyatli yordamchi qiz izlaymiz.
Vazifalar
- Uyni doimo ozoda va saranjom saqlash
- Kuniga 1 mahal mazali uy ovqatlarini tayyorlash
- Kiyimlarni yuvish, dazmollash va tartibga keltirish
- Bo’sh vaqtida 1 nafar farzandimga qarashishda yordam berish
- Zarurat bo’lganda bola bilan tashqariga birga chiqish
Talablar
- Yosh: 18–30 yosh
- Xushmuomala va odobli
- Halol, ishonchli va mas’uliyatli
- Juda ozoda (chistoplotniy) va tartibsevar
- Bolalarni chin dildan yaxshi ko’radigan, ularga mehr bera oladigan
- Chaqqon, epchil va topshirilgan ishni eslatmasdan bajaradigan
- Milliy va oddiy uy taomlarini mazali tayyorlay oladigan
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh: 4 000 000 so’m
- Maosh o’z vaqtida va barqaror to’lanadi
Ish vaqti
- 10:00 – 20:00
Eslatma
Iltimos, 18 yoshdan kichik yoki 30 yoshdan katta nomzodlar murojaat qilmasin. Vaqtinchalik ishlashni rejalashtirganlar yoki bir necha oy ishlab ketmoqchi bo’lganlar ham yozmasin. Bizga uzoq muddatli hamkorlik muhim. Agar o’zingizni yuqoridagi talablarga mos deb hisoblasangiz va mas’uliyat bilan uzoq muddat ishlash niyatingiz bo’lsa, murojaat qilishingizni so’raymiz.
Bozorbop maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
