Videograf
Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti
Maosh: Kelishiladi
Ish tafsilotlari
Talablar:
-
Videograf sifatida kamida 1 yillik ish tajribasi.
-
Kamera va professional videouskunalar bilan ishlay olish.
-
Reels, Stories, reklama kreativlari hamda short-form videolarni sifatli suratga olish.
-
Kadr, kompozitsiya, yorug‘lik va rakurslarni yaxshi tushunish.
-
Premiere Pro, CapCut, DaVinci Resolve yoki boshqa montaj dasturlarida ishlay olish.
-
Dinamik va zamonaviy montaj qila olish.
-
Trendlarni kuzatib borish va ularni kontentga moslashtirish.
-
Berilgan ssenariy va texnik topshiriq asosida mustaqil ishlay olish.
-
Tezkorlik, mas’uliyat va belgilangan muddatlarga rioya qilish.
Asosiy vazifalar:
-
Universitet uchun Reels va reklama videolarini suratga olish.
-
Talabalar hayoti, dars jarayonlari, tadbirlar va universitet muhitini videoga olish.
-
Marketing kampaniyalari uchun video kreativlar tayyorlash.
-
Intervyu, testimonial va ekspert videolarini suratga olish.
-
Olingan videomateriallarni montaj qilish va nashrga tayyorlash.
-
Marketing va kontent jamoasi bilan hamkorlikda kreativ g‘oyalarni ishlab chiqish.
Biz taklif qilamiz:
-
Doimiy va yirik kreativ loyihalarda ishtirok etish.
-
Professional rivojlanish uchun kuchli muhit.
-
Zamonaviy marketing jamoasi bilan ishlash imkoniyati.
-
Portfolio uchun sifatli va qiziqarli loyihalar.
-
Ahil va natijaga yo‘naltirilgan jamoa.
-
Yangi kreativ g‘oyalarni amalga oshirish uchun erkinlik.
Muhim: Bizga shunchaki video oladigan mutaxassis emas, balki kadr orqali hikoya qila oladigan va videoning ilk soniyalaridayoq tomoshabinni jalb eta oladigan videograf kerak.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
