Uy xizmatchisi

Uy xizmatchisi

Maosh: Kelishiladi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-18:00
Jins:Ayollar
Yosh:25 – 40
Hali qaynoq

Ish tafsilotlari

UY XIZMATCHISI. Manzil: Toshkent shahri, Toshkent City hududi, Alisher Navoiy metro bekati yaqinida. Oilaga mas’uliyatli, ozoda va tartibli uy xizmatchisi / enaga qidirilmoqda.

Vazifalar

  • Uyda tozalik va tartibni saqlash
  • Kundalik uy ishlarini bajarish
  • Mazali va sifatli ovqat tayyorlash
  • Parhez va sog‘lom ovqatlarni tayyorlay olish
  • Kerakli vaqtda bolalarga qarash va enagalik qilish
  • Kiyim-kechak va uy jihozlariga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish
  • Oila a’zolari va mehmonlar bilan xushmuomala munosabatda bo‘lish
  • Zaruratga qarab oila bilan safarga chiqishga tayyor bo‘lish

Talablar

  • Ayol kishi, 25–40 yosh oralig‘ida
  • Ozoda, tartibli va mas’uliyatli
  • Xushmuomala, vazmin va ishonchli
  • Qadriyatlarni hurmat qiladigan
  • Yopiq va ozoda kiyinishga amal qiladigan
  • Ovqat tayyorlashni yaxshi biladigan
  • Parhez taomlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishi
  • Bolalar bilan yaxshi muomala qila olishi
  • Uy-ro‘zg‘or ishlarini puxta bilishi
  • Uzoq muddat ishlash niyatida bo‘lishi

Ustunlik beriladi

  • Mehmonxona yoki servis sohasida ishlagan tajribasi bo‘lsa
  • Uy xizmatchisi yoki enaga sifatida avval ishlagan bo‘lsa
  • Tavsiyanoma yoki oldingi ish joyidan yaxshi fikrlar mavjud bo‘lsa
  • Xorazm viloyatidan bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi

Ish sharoiti

  • Ish joyi: Toshkent shahri, Toshkent City hududi
  • Ish vaqti 9:00-18:00 6/1 (ish vaqti vaziyatga qarab o'zgarishi mumkin)
  • Safarga chiqish ehtimoli mavjud
  • Ish tartibi va boshqa shartlar suhbat davomida kelishiladi
  • Oylik maosh nomzodning tajribasi, malakasi va vazifalar hajmiga qarab suhbat asosida kelishiladi

Eslatma

Faqat jiddiy, mas’uliyatli va uzoq muddat ishlash istagidagi nomzodlar murojaat qilishi so‘raladi. Ariza qoldiring, biz o'zimiz bog'lanamiz.

Bu rol uchun odatdagi maosh

1,7mlnminimum
3,5mlno'rtacha
4,5+mlnmaksimum
ID 97570

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari