UFarmer ERP tizimi oʻrnatish boʻyicha stajyor

UFarmer ERP tizimi oʻrnatish boʻyicha stajyor

UFarmer

2 000 000 – 7 000 000 so'm

Atiga 10 kishi murojaat qildi, Siz ham shoshiling!

Manba:Unilance
To'lov:Oylik
Format:Stajirovka, Qo'shimcha ish
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:Erkin grafik
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

UFarmer jamoasi ERP tizimini mijozlarga o‘rnatish, sozlash va foydalanishni tushuntirishda yordam beradigan faol stajyorlarni qidirmoqda.

Vazifalar

  • UFarmer ERP dasturini o‘rnatish va boshlang‘ich sozlash
  • Mijoz ma’lumotlarini tizimga kiritish va import qilish
  • Tizimdan foydalanishni xodimlarga tushuntirish
  • O‘rnatish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni aniqlash
  • Texnik jamoa bilan birgalikda ishlash
  • Mijozlarga boshlang‘ich texnik yordam ko‘rsatish

Talablar

  • Kompyuterdan va AIdan yaxshi foydalana olish
  • Yangi dasturlarni tez o‘rganish qobiliyati
  • Mas’uliyatli, tartibli va muloqotga kirisha oladigan bo‘lish
  • Mijozlar bilan xushmuomala ishlash
  • IT yoki dasturlash bo‘yicha boshlang‘ich bilimlar

Imtiyozlar

  • Tajriba shart emas — o‘zimiz o‘rgatamiz
  • Amaliy tajriba va bepul o‘qitish
  • Tajribali mutaxassislar bilan ishlash
  • Haqiqiy ERP loyihalarida ishtirok etish
  • Yaxshi natija ko‘rsatgan stajyorlarga doimiy ish imkoniyati

Maosh tafsiloti

  • 2.000.000 dan 7.000.000 gacha

Ish vaqti

  • Buyurmalarga (zayavkaga) qarab
  • Student va qoʻshimcha ish izlab yurganlar uchun ham mos keladi!

Eslatma

Ariza topshirishda o‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot yoki CV yuboring.

U-Farmer bilan IT sohasidagi faoliyatingizni boshlang!

Bozordan past maosh

Bu e'lon · 7 mln gacha
3,5mlnminimum
12mlno'rtacha
66+mlnmaksimum
ID 55410

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash vakansiyalar