Tikuv master yordamchisi
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ish tafsilotlari
«JIJINO» jamoasi kengaymoqda! JIJINO korxonasida yuqori maoshli ish imkoniyati — tikuv master yordamchisi kerak. Yaxshi xodimlarni qo'llab-quvvatlovchi rahbariyat. Yaxshi jamoada ishlab, o'z ishingizning ustasiga aylanishni xohlaysizmi? Unda eshigimiz siz uchun ochiq!
Vazifalar
- Sehga kelgan mahsulotni sanab qabul qilish
- Tikuvchilarga kunlik ish hajmini taqsimlash
- Tayyor mahsulotni sifat nazoratiga topshirish
- Tikuv masteriga kunlik normani bajarishda yordam berish
Talablar
- Tikuvda kamida 2 yillik ish tajribasi
- Hisob-kitobda adashmaydigan, raqamlar bilan ishlay oladigan
- Muomala madaniyati yuqori, jamoa bilan til topisha oladigan
- Mahsulotni sanash, tekshirish va hujjatlarni (passport, hisobot) to'g'ri yuritish ko'nikmasi
- Aniq, halol, mas'uliyatli va tartibli
- Mehnatsevar, sifatga e'tiborli
- Qo'qon shahrida yoki yaqin atrofda yashaydigan nomzod
Imtiyozlar
- Rasmiy mehnat shartnomasi
- Yuqori maosh + rag'batlantirish
- Sinov muddatidan so'ng ish haqi qayta ko'rib chiqiladi
- Issiq tushlik
- Qulay ish sharoiti
- Ahil jamoa va professional rivojlanish imkoniyati
- Barqaror va tez rivojlanayotgan korxona
Ish vaqti
- 08:00 – 17:00 gacha
- Dam olish kuni: haftada 1 kun
Eslatma
Manzil: Temur Malik 77. Mo'ljal: Oq Oltin to'yxonasi yonida.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo‘ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o‘rnatish, pul o‘tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so‘ralsa, rozi bo‘lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to‘g‘riligi uchun javobgar emasmiz.
