Tibbiy bilimga ega tajribali call center operatorlari
Bozorbop maosh
4 000 000 so'mgacha
Ish tafsilotlari
Tibbiy bilimga ega tajribali call center operatorlarini izlamoqdamiz! Og'ir navbatchiliklar, tungi smenalar va tibbiyotdagi past oyliklardan charchadingizmi? Odam organizmi va kasalliklar haqidagi bilimlaringizni shinam ofisda, ancha yuqori daromad evaziga ko'rsatish vaqti keldi! Kompaniyamiz Collagen va biologik faol qo'shimchalar (BAD) yo'nalishida mijozlarga professional maslahat beradigan va sotuvlarni amalga oshiradigan tajribali mutaxassislarni o'z jamoasiga taklif etadi.
Talablar
- Yosh chegarasi: 20–40 yoshgacha
- Tibbiy bilim: Tibbiyot sohasidan xabardorlik (Klinika yoki BAD yo'nalishidagi call-centerlarda ishlaganlik, hamshiralik tajribasi katta afzallik beradi)
- Tajriba: Call center yoki sotuv sohasida kamida 6–12 oy muvaffaqiyatli tajriba
- Texnik ko'nikma: Telefon orqali sotuv ko'nikmasi va Amo CRM tizimida ishlash tajribasi bo'lishi afzal
- Til va kompyuter: O'zbek tilida mukammal va ravon muloqot qilish hamda kompyuter savodxonligi
Vazifalar
- Telefon orqali mijozlar bilan ishlash va kiruvchi lidlarni (tayyor so'rovlarni) tezkor qayta ishlash
- Mijozning muammosi va ehtiyojini aniqlab, mahsulotni sotuvga aylantirish
- Mahsulot tarkibi va iste'moli bo'yicha tibbiy jihatdan to'g'ri, aniq ma'lumot berish
- Amo CRM tizimida mijozlar bazasi va buyurtmalar tarixini tartibli yuritish
Imtiyozlar
- Barqaror, rasmiy ish joyi va tizimli ish muhiti
- Professional va ahil jamoa
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh: 4 000 000 so'mgacha (fiksa) + sotuv natijalariga ko'ra yuqori KPI bonuslar
Ish vaqti
- 09:00 – 18:00 (6/1 grafik, Dushanba – Shanba)
- Ish joyi manzili: Farg'ona shahri (Markaz, 'Cheburek Yupqaxona' orqasida)
Bozorbop maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
