Tibbiy bilimga ega tajribali call center operatorlari

Tibbiy bilimga ega tajribali call center operatorlari

4 000 000 so'mgacha

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-18:00
Jins:Farqi yo'q
Yosh:20 – 40

Ish tafsilotlari

Tibbiy bilimga ega tajribali call center operatorlarini izlamoqdamiz! Og'ir navbatchiliklar, tungi smenalar va tibbiyotdagi past oyliklardan charchadingizmi? Odam organizmi va kasalliklar haqidagi bilimlaringizni shinam ofisda, ancha yuqori daromad evaziga ko'rsatish vaqti keldi! Kompaniyamiz Collagen va biologik faol qo'shimchalar (BAD) yo'nalishida mijozlarga professional maslahat beradigan va sotuvlarni amalga oshiradigan tajribali mutaxassislarni o'z jamoasiga taklif etadi.

Talablar

  • Yosh chegarasi: 20–40 yoshgacha
  • Tibbiy bilim: Tibbiyot sohasidan xabardorlik (Klinika yoki BAD yo'nalishidagi call-centerlarda ishlaganlik, hamshiralik tajribasi katta afzallik beradi)
  • Tajriba: Call center yoki sotuv sohasida kamida 6–12 oy muvaffaqiyatli tajriba
  • Texnik ko'nikma: Telefon orqali sotuv ko'nikmasi va Amo CRM tizimida ishlash tajribasi bo'lishi afzal
  • Til va kompyuter: O'zbek tilida mukammal va ravon muloqot qilish hamda kompyuter savodxonligi

Vazifalar

  • Telefon orqali mijozlar bilan ishlash va kiruvchi lidlarni (tayyor so'rovlarni) tezkor qayta ishlash
  • Mijozning muammosi va ehtiyojini aniqlab, mahsulotni sotuvga aylantirish
  • Mahsulot tarkibi va iste'moli bo'yicha tibbiy jihatdan to'g'ri, aniq ma'lumot berish
  • Amo CRM tizimida mijozlar bazasi va buyurtmalar tarixini tartibli yuritish

Imtiyozlar

  • Barqaror, rasmiy ish joyi va tizimli ish muhiti
  • Professional va ahil jamoa

Maosh tafsiloti

  • Oylik maosh: 4 000 000 so'mgacha (fiksa) + sotuv natijalariga ko'ra yuqori KPI bonuslar

Ish vaqti

  • 09:00 – 18:00 (6/1 grafik, Dushanba – Shanba)
  • Ish joyi manzili: Farg'ona shahri (Markaz, 'Cheburek Yupqaxona' orqasida)

Bozorbop maosh

Bu e'lon · 4 mln gacha
2mlnminimum
4mlno'rtacha
9,5+mlnmaksimum
ID 113178

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Farg'onada o'xshash ish o'rinlari