Targetolog / Performance Marketolog

Targetolog / Performance Marketolog

Tashkent International University

5 000 000 – 10 000 000 so'm

28 kishi murojaat qildi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:Yarim stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:Erkin grafik
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

Kompaniya haqida:

Tashkent International University (TIU) - 2+2 qo‘shma diplom dasturlari, 10 dan ortiq davlatdagi 50 dan ortiq hamkor universitetlar va 100% gacha grant imkoniyatlarini taqdim etuvchi xalqaro universitet.

Agar siz Meta reklama kampaniyalarini samarali boshqarishni, marketing natijalarini raqamlar orqali tahlil qilishni va reklama byudjetidan maksimal natija olishni bilsangiz - sizni jamoamizda kutamiz.

Vazifalar:

  • Meta (Instagram/Facebook) reklama kampaniyalarini ishga tushirish, yuritish va optimallashtirish;

  • Pixel, Conversions API (CAPI) hamda UTM trackingni sozlash;

  • A/B testlarini o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish;

  • CPL, CPA, CAC va boshqa KPI ko‘rsatkichlarini monitoring qilish;

  • Bitrix24 CRM tizimi bilan ishlash;

  • Kontent jamoasi bilan birgalikda kreativ materiallarni ishlab chiqish va takomillashtirish.

Talablar:

  • Meta Ads bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;

  • Performance marketing tamoyillarini yaxshi tushunish;

  • Pixel, CAPI va analitika vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi;

  • Kunlik 200-300 AQSH dollari va undan yuqori reklama byudjetlarini boshqargan bo‘lish;

  • Natija uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga ola bilish.

Biz taklif qilamiz:

  • Maosh: 5,000,000 - 10,000,000 so‘m + KPI bonuslari;

  • Yarim stavka va moslashuvchan ish vaqti;

  • Toshkent shahri markazidagi zamonaviy ofis;

  • Yirik xalqaro universitetda professional rivojlanish imkoniyati;

  • Qiziqarli loyihalarda ishtirok etish;

  • Tajribali va shakllangan jamoada ishlash.

Ariza topshirish: Agar ushbu vakansiya sizni qiziqtirgan bo‘lsa, havola orqali ariza qoldiring.

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 10 mln gacha
2,4mlnminimum
8mlno'rtacha
19+mlnmaksimum
ID 44133

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkent shahrida o'xshash ish o'rinlari