Tajribali texnik dizayner (poligrafiya)
Bozordan yuqori maosh
Ish tafsilotlari
Fazilon Poligrafiya jamoasiga tajribali Texnik dizaynerni ishga taklif qilamiz. Agar siz CorelDRAW va Photoshop dasturlarida erkin ishlasangiz, poligrafiya sohasida tajribaga ega bo'lsangiz hamda yangi texnologiyalar bilan ishlashni istasangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz!
Vazifalar
- Mijozlar logotipi va brendlarini turli mahsulotlarga moslashtirish
- Ruchka, bloknot, forma, kubok, termos va boshqa suvenir mahsulotlar uchun dizayn tayyorlash
- Lazer, UV printer, printer va boshqa ishlab chiqarish uskunalarida ishlash
- Mahsulotlarni ishlab chiqarishga tayyor holatga keltirish
Talablar
- CorelDRAW va Photoshop dasturlarini yaxshi bilish
- Poligrafiya sohasida ish tajribasi
- Brend va logotiplar bilan ishlash tajribasi
- Lazer, UV printer va boshqa uskunalarda ishlash tajribasi ustunlik beradi
- Mas'uliyatli, intizomli va jamoa bilan ishlay oladigan nomzod
Imtiyozlar
- Barqaror ish o'rni
- Lavozim bo'yicha o'sish imkoniyati
- Zamonaviy uskunalar bilan ishlash
- Ahil va professional jamoa
Maosh tafsiloti
- Stanoklarda ishlab mahsulot chiqargani uchun qo'shimcha daromad
- O'rtacha oylik daromad: 5 000 000 – 10 000 000 so'm
Ish vaqti
- 09:00 – 18:00
Eslatma
Portfolio yuborish talab qilinadi. Fazilon Poligrafiya bilan birga yirik kompaniyalar va tadbirkorlar brendlarini yaratishda o'z hissangizni qo'shing!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

