Tajribali Supervisor (FMCG)
MCHJ 'CHEMPION177'
32 000 000 so'm
Bozordan yuqori maosh
Ish tafsilotlari
MCHJ 'CHEMPION177' o‘zining tayyor savdo vakillari jamoasi bilan keladigan Supervisor lavozimiga ishga taklif qiladi. O'z jamoasi bilan keladigan tajribali Supervisor kerak.
Ish hududlari: Toshkent shahri va quyidagi tumanlar: Bektemir, Mirzo Ulug'bek, Mirobod, Olmazor, Sergeli, Yangi Hayot, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy, Yashnobod.
Talablar
- Yosh: 25 dan 35 gacha
- FMCG sohasida Supervisor sifatida kamida 1 yillik ish tajribasi
- O‘zining shakllangan savdo vakillari jamoasi bo‘lishi shart
- Har bir tuman uchun savdo vakili biriktirilgan bo‘lishi kerak
- Har bir savdo vakili shaxsiy avtomobilga ega bo‘lishi shart
- Yangi mahsulotni bozorda tez olib chiqish, yangi savdo nuqtalari ochish, aktiv mijozlar bazasini kengaytirish va savdo rejasini ortig‘i bilan bajarish bo‘yicha tajriba
- Toshkent shahrini mukammal bilish
- O‘zbek va rus tillarini bilish
- Kuchli liderlik qobiliyati, mas’uliyat, intizom va natijaga yo‘naltirilganlik
Imtiyozlar
- Cheklanmagan yuqori daromad imkoniyati
- Haqiqiy martaba o‘sishi
- Barqaror va tez rivojlanayotgan kompaniyada ishlash
- Bozordagi eng kuchli savdo jamoalaridan birini yaratish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Maosh: 32 000 000 so'mdan va undan yuqori (supervisor uchun)
- Supervisor va butun jamoaning daromadi savdo hajmi hamda reja ko‘rsatkichlarini bajarish natijasiga bog‘liq
Ish vaqti
- 09:00–18:00, 6/1
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
