Tajribali sotuv menejeri
3 500 000 – 12 000 000 so'm
Bozordan yuqori maosh
Ish tafsilotlari
Kompaniyamiz yuqori natijalarga intiladigan, tajribali va mas'uliyatli sotuv menejerlarini jamoamizga taklif qiladi. Agar siz telefon orqali sotuvni professional darajada olib bora olsangiz, mijozlar bilan ishonchli munosabat o‘rnata olsangiz va yuqori daromad olishga intilsangiz, sizni suhbatga taklif qilamiz.
Talablar
- Yoshi: 25–45 yosh (ayol va erkaklar)
- Farg‘ona shahrida yashashi ma'qul
- CRM tizimida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi
- Kompyuter savodxonligi
- Savdo texnikalari va sotuv psixologiyasini bilishi
- Mijozlar bilan professional muloqot qila olishi
- Halollik, mas'uliyatlilik va intizom
- Stressga chidamlilik
- Jamoada ishlash ko‘nikmasi
- Natijaga yo‘naltirilgan fikrlash
- O‘z ustida ishlashga va rivojlanishga tayyor bo‘lishi
- Savdo sohasida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar qabul qilinadi
Imtiyozlar
- Zamonaviy va qulay ofis
- Professional va ahil jamoa
- Shaxsiy va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari
- Kompaniya hisobidan rag‘batlantiruvchi sayohatlar
- Doimiy trening va malaka oshirish dasturlari
- Karyera o‘sishi imkoniyati
Maosh tafsiloti
- 3 500 000 so‘mdan 12 000 000 so‘mgacha (Oklad + KPI + bonuslar)
Ish vaqti
- 09:00 – 18:00
- Ish tartibi: 6/1
Eslatma
Agar siz yuqori natijalarga erishishga tayyor bo‘lsangiz va kuchli jamoaning bir qismi bo‘lishni istasangiz, rezyume yoki murojaatingizni yuboring.
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
