Tajribali sotuv menejeri
Bozordan past maosh
Ish tafsilotlari
SAVOD O‘QUV MARKAZI TAJRIBALI SOTUV MENEJERINI ISHGA TAKLIF QILADI! Daromad: 4 000 000 – 15 000 000 so‘m (qo‘lga). Fiks oylik + KPI. Yuqori chegara cheklanmagan, daromad to‘liq sizning natijangizga bog‘liq. Agar siz yuzma-yuz sotuvda tajribaga ega, mijoz ehtiyojini tez aniqlay oladigan va natijaga yo‘naltirilgan mutaxassis bo‘lsangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz!
Vazifalar
- Markazga kelgan mijozlar bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazish va kursga yozish
- Kiruvchi lidlarga qo‘ng‘iroq qilish va ularni uchrashuv yoki sinov darsiga taklif qilish
- Mijoz ehtiyojini aniqlash va unga mos kursni tanlab berish
- Sinov darsidan keyin mijozni to‘lovgacha olib borish
- O‘ylab ko‘rayotgan mijozlar bilan doimiy aloqani saqlash (follow-up)
- CRMda har bir mijoz bo‘yicha ma’lumotni o‘z vaqtida kiritish va voronkani yuritish
- Kunlik va haftalik sotuv rejasini bajarish, natijalar bo‘yicha hisobot berish
Talablar
- Sotuvda kamida 3 yillik tajriba (yuzma-yuz sotuv tajribasi shart)
- CRM tizimlarida ishlay olish (amoCRM, Bitrix24 yoki shunga o‘xshash)
- O‘zbek tilida erkin va savodli muloqot
- Natijaga yo‘naltirilganlik, mas’uliyat va intizom
- Arab tilini bilish shart emas
Imtiyozlar
- Fiks oylik va KPI
- Doimiy lidlar oqimi
- Qulay ofis, Toshkent shahrida
- O‘zingiz yoki yaqinlaringiz uchun kurslarimizga 50% chegirma
Maosh tafsiloti
- Daromad: 4 000 000 – 15 000 000 so‘m (qo‘lga)
- Fiks oylik + KPI
- Yuqori chegara cheklanmagan, daromad to‘liq sizning natijangizga bog‘liq
Ish vaqti
- 6/1, kuniga 8 soat
Eslatma
Muhim: vakansiya faqat tajribali sotuvchilar uchun. Sotuvda tajribasi yo‘q nomzodlardan murojaat qilmasliklarini so‘raymiz. Rezyumeingizni yuboring. Mos nomzodlar bilan suhbatga o‘zimiz bog‘lanamiz!
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

