Tajribali buxgalter (1C)

Tajribali buxgalter (1C)

HOFFEN

Maosh: Kelishiladi

Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-17:00
Jins:Ayollar
Yosh:25 – 35

Ish tafsilotlari

"Hoffen" — avtokosmetika ishlab chiqaruvchi va distribyutor kompaniyasi buxgalter lavozimiga tajribali mutaxassisni ishga taklif qiladi.

Vazifalar

  • Kompaniyaning toʻliq buxgalteriya hisobini yuritish
  • Soliq va statistika hisobotlarini oʻz vaqtida tayyorlash hamda topshirish
  • Ishlab chiqarish, ombor va tovar-moddiy qiymatliklar hisob-kitobini yuritish
  • Eksport-import operatsiyalari va valyuta hisob-kitoblarini nazorat qilish
  • Moliyaviy va birlamchi hujjatlarni qatʼiy tartibga solish

Talablar

  • Ayol kishi, 25-35 yosh
  • Buxgalteriya sohasida kamida 3 yillik amaliy tajriba (tajribasiz nomzodlar ko'rib chiqilmaydi)
  • 1C 8.3 (Buxgalteriya) dasturini mukammal darajada bilish
  • Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini yaxshi bilish va mustaqil ravishda hisobot topshirish tajribasi
  • Ishlab chiqarish korxonasida ombor va tovar-moddiy qiymatliklar (TMQ) hisobini yuritish koʻnikmasi
  • Eksport-import va valyuta operatsiyalari boʻyicha amaliy tajriba
  • Mustaqil ishlay olish, mas'uliyatlilik, diqqatlilik va tartiblilik

Imtiyozlar

  • Ish joyi: Keles hududi

Maosh tafsiloti

  • Suhbat asosida, nomzodning tajribasi va malakasiga qarab jozibador miqdorda belgilanadi

Ish vaqti

  • Toʻliq bandlik, haftada 6 kun (6/1), soat 9:00 dan 17:00 gacha

Eslatma

Rezyumengizni yoki o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni tegishli messenjerlar orqali ham yuborishingiz mumkin.

Bu rol uchun odatdagi maosh

3mlnminimum
8mlno'rtacha
24+mlnmaksimum
ID 52628

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkent shahrida o'xshash ish o'rinlari