Tajribali 1C buxgalter
Maosh: Kelishiladi
Ish tafsilotlari
Bizga hamkorlik asosida ishlaydigan tajribali buxgalter kerak. Kompaniyamiz asosan ko‘chmas mulklarni ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Vazifalar
- Ijara shartnomalarini tuzish
- Hisob-fakturalarni rasmiylashtirish
- Boshqa buxgalteriya hujjatlari bilan ishlash
- Mijozlar va firmalarning to‘lovlarini nazorat qilib borish
- To‘lov muddati yaqinlashganda yoki qarzdorlik yuzaga kelganda firmalarni o‘z vaqtida ogohlantirib turish
- Hisob-kitoblarni tartibli yuritish
Talablar
- Soliq va buxgalteriya hisobotlarini yaxshi tushunishi
- 1C dasturida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi
- e-ijara.soliq.uz va Didox platformalarida erkin ishlay olishi
- Shartnomalar va hisob-fakturalarni elektron tarzda yuborishni bilishi
- Mas’uliyatli, faol, halol va punktual bo‘lishi
Imtiyozlar
- Hamkorlik asosida ishlanadi
- Ofis bilan ta’minlanadi
- Mijozlar va yangi firmalar topishda yordam beriladi
Ish vaqti
- 09:00 dan 16:00 gacha
Eslatma
Faqat 1C, e-ijara.soliq.uz, Didox va buxgalteriya hisobotlari bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlar murojaat qilishlari so‘raladi. Faol, mas’uliyatli va uzoq muddatli hamkorlikka tayyor xodim kerak. Iltimos, Telegram orqali rezyumengizni yuboring.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

