Tajribali 1C buxgalter

Tajribali 1C buxgalter

Maosh: Kelishiladi

Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Ish vaqti:09:00-16:00
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

Bizga hamkorlik asosida ishlaydigan tajribali buxgalter kerak. Kompaniyamiz asosan ko‘chmas mulklarni ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Vazifalar

  • Ijara shartnomalarini tuzish
  • Hisob-fakturalarni rasmiylashtirish
  • Boshqa buxgalteriya hujjatlari bilan ishlash
  • Mijozlar va firmalarning to‘lovlarini nazorat qilib borish
  • To‘lov muddati yaqinlashganda yoki qarzdorlik yuzaga kelganda firmalarni o‘z vaqtida ogohlantirib turish
  • Hisob-kitoblarni tartibli yuritish

Talablar

  • Soliq va buxgalteriya hisobotlarini yaxshi tushunishi
  • 1C dasturida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi
  • e-ijara.soliq.uz va Didox platformalarida erkin ishlay olishi
  • Shartnomalar va hisob-fakturalarni elektron tarzda yuborishni bilishi
  • Mas’uliyatli, faol, halol va punktual bo‘lishi

Imtiyozlar

  • Hamkorlik asosida ishlanadi
  • Ofis bilan ta’minlanadi
  • Mijozlar va yangi firmalar topishda yordam beriladi

Ish vaqti

  • 09:00 dan 16:00 gacha

Eslatma

Faqat 1C, e-ijara.soliq.uz, Didox va buxgalteriya hisobotlari bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlar murojaat qilishlari so‘raladi. Faol, mas’uliyatli va uzoq muddatli hamkorlikka tayyor xodim kerak. Iltimos, Telegram orqali rezyumengizni yuboring.

Bu rol uchun odatdagi maosh

3mlnminimum
8mlno'rtacha
24+mlnmaksimum
ID 58415

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkent shahrida o'xshash ish o'rinlari