Ta’minot bo‘yicha mutaxassis
Akfa
Toshkent viloyati, Olmaliq shahri
Maosh: Kelishiladi
Bu rol uchun odatdagi maosh
2mlnminimum
5mlno'rtacha
11+mlnmaksimum
Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Jins:Farqi yo'q
Yosh:25 – 30
Afzal ko‘riladigan tillar:O‘zbek, Rus
Ish tafsilotlari
“AKFA” kompaniyasi o‘z jamoasiga mas’uliyatli va tajribali Ta’minot bo‘yicha mutaxassisni ishga taklif qiladi.
Vazifalar
- Korxona ehtiyojlari uchun zarur mahsulot va materiallarni o‘z vaqtida xarid qilish
- Yetkazib beruvchilarni izlash va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
- Narxlar va sifat bo‘yicha tahlil olib borish
- Buyurtmalarni nazorat qilish va yetkazib berish muddatlarini kuzatib borish
- Ombor va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlik qilish
- Hujjatlarni rasmiylashtirish va hisobotlarni yuritish
Talablar
- Yoshi 25–30 yosh
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi ma’qul
- Ta’minot yoki xaridlar sohasida kamida 2–3 yillik ish tajribasi
- Ta’minot jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi
- Yetkazib beruvchilar bilan muzokara olib borish ko‘nikmasi
- O‘zbek va rus tillarini bilishi ma’qul
- Kompyuterda erkin ishlay olishi (MS Office, Excel dasturini yaxshi bilishi)
- “B” toifali haydovchilik guvohnomasi va amaliy haydovchilik tajribasi
- Mas’uliyatli, halol, tartibli va intizomli bo‘lishi
- Muammolarni tezkor hal qila olishi va jamoa bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi
Imtiyozlar
- Barqaror va istiqbolli ish o‘rni
- Rasmiy ishga qabul qilish
- Qulay va zamonaviy ofis
- Korxona hisobidan tushlik
- Munosib oylik maosh
- Malaka oshirish va professional rivojlanish imkoniyati
- Karyera o‘sishi imkoniyati
- Korporativ sovg‘alar va rag‘batlantirish dasturlari
- Eng yaxshi xodimlar uchun sayohat vaucherlari
- Ahil va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa
Ish vaqti
- 6 kunlik ish haftasi
ID 43587
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
