Support Manager (tajriba talab qilinmaydi)
Bozordan yuqori maosh
Ish tafsilotlari
ARebor kompaniyasiga Support Manager kerak! (Tajriba talab qilinmaydi)
Mijozlar bilan muloqot qilishni, muammolarga yechim topishni va professional jamoada ishlashni xohlaysizmi? Unda bizning jamoamizga qo‘shiling! Arebor — O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi savdo jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan kompaniya. Biz jamoamizni kengaytirmoqdamiz va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha Support Managerlarni ishga taklif qilamiz.
Vazifalar
- Mijozlarning savollari va murojaatlariga javob berish.
- Mijozlarga kompaniya xizmatlari va mahsulotlari haqida ma’lumot berish.
- Mijozlar duch kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilishga yordam berish.
- Mijozlar bilan do‘stona va professional munosabatlarni saqlash.
- Mijozlar murojaatlarini CRM tizimida qayd etib borish.
- Savdo va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda ishlash.
- Mijozlar fikr-mulohazalarini yig‘ish va xizmat sifatini yaxshilashga hissa qo‘shish.
Talablar
- O‘zbek tilida ravon va savodli muloqot qila olish.
- Xushmuomalalik, mas’uliyat va muammolarni hal qilish qobiliyati.
- Yangi bilimlarni tez o‘zlashtirish va o‘rganishga tayyorlik.
- Jamoada ishlash va berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish.
- Kompyuter va raqamli vositalardan foydalanish ko‘nikmasi.
Imtiyozlar
- 1 oy bepul amaliyot — ish jarayonlarini o‘rganish va tajriba orttirish imkoniyati.
- Professional jamoada ishlash va rivojlanish imkoniyati.
- Tushlik kompaniya hisobidan.
- Mijozlar bilan ishlash, CRM va biznes jarayonlari bo‘yicha amaliy tajriba.
- Kompaniya bilan birga o‘sish va kelajakda yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.
Maosh tafsiloti
- 2-oydan boshlab 3 000 000 – 6 000 000 so‘m oylik — natija, ko‘nikma va ish samaradorligiga qarab.
Arebor jamoasiga qo‘shiling va professional faoliyatingizni biz bilan boshlang!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

