Sudya yordamchisi (Angren shahar sudi)
Bu rol uchun odatdagi maosh
- O‘zbek
- Rus
- Ingliz
Ish tafsilotlari
Toshkent viloyat sudi quyidagi lavozimga malakali kadrlarni ishga qabul qilish uchun tanlov e'lon qiladi.
JIB Angren shahar sudining sudya yordamchisi lavozimiga.
Talablar
- Yurisprudensiya yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lish
- Davlat tilini mukammal bilish
- Xorijiy tillar (rus, ingliz tillari)ni bilishga ustuvorlik beriladi
- Yurisprudensiya bo'yicha nazariy bilimlarga ega bo'lish
- Sud-huquq sohasidagi o'zgarishlarni bilish
- Rasmiy hujjatlar bilan ishlay olish
- Kompyuter va boshqa texnika, zarur dasturiy ta'minotlardan foydalana olish
Eslatma
Nomzodlar tanlovda ishtirok etishlari uchun quyidagi hujjatlar bilan Toshkent viloyat sudining kadrlar bo'limiga murojaat qilishlari lozim:
- Ma'lumotnoma (obyektivka)
- Diplom (diplomdan ko'chirma)ning nusxasi; chet elda o'qigan bo'lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o'tganligini tasdiqlovchi guvohnoma
- Fuqarolik pasporti nusxasi
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yangiobod MFY, Yangiobod ko'chasi, 73-uy.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
