Sotuvchi qiz (Savdo menejeri)
Ish tafsilotlari
SN ACCOUNTING GROUP jamoasiga taklif etamiz! Biznesimiz kengayishi munosabati bilan, Jizzax shahridagi shinam ofisimizda biz bilan birga rivojlanadigan va o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislarni qidirmoqdamiz!
Vazifalar
- Tayyor ma'lumotlar bazasi bo'yicha korporativ mijozlarga qo'ng'iroq qilish (sovuq qo'ng'iroqlar), xizmatlarni taklif qilish va sotuvni amalga oshirish.
Talablar
- Chiroyli va ravon nutq
- Muloqotga kirishuvchanlik
- Sotuvga kuchli ishtiyoq
Imtiyozlar
- Jizzax shahrining markazida zamonaviy va shinam ofis
- Ahil jamoa va professional o'sish imkoniyati
- Raqobatbardosh va o'z vaqtida beriladigan oylik maoshi
Maosh tafsiloti
- 1 500 000 so‘m + KPI (Sotuvdan yuqori bonuslar)
Eslatma
Suhbatdan o'tish qanday bo'ladi? Vaqtingizni tejash uchun biz suhbatning birinchi bosqichini avtomatlashtirdik! Botga o‘ting, savollarga javob bering va o‘z rezyumeingizni qoldiring.
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
