Sotuvchi-konsultant

Sotuvchi-konsultant

To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:5/2 (5 kun ish, 2 kun dam)
Ish vaqti:08:00-18:00
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

Mudarris Maktabi jamoasiga sotuvchi-konsultantlarni ishga taklif qilamiz!

Talablar

  • Sotuv va mijozlar bilan ishlash yo‘nalishida amaliy tajribaga ega bo‘lish
  • Ota-onalar va mijozlar bilan samarali muloqot qila olish
  • Maktab faoliyati haqida batafsil va tushunarli konsultatsiya bera olish
  • Faol, o‘ziga ishongan va muzokaralar olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lish
  • CRM tizimlarida ishlash tajribasi afzallik beradi
  • Mas’uliyatli, intizomli va jamoa bilan hamkorlikda ishlay olish
  • Mijozlar bazasi bilan tizimli ishlash va qayta aloqani doimiy yo‘lga qo‘yish

Vazifalar

  • Kelib tushgan murojaatlar va mijozlarga maktab xizmatlari bo‘yicha professional konsultatsiyalar berish
  • Ta’lim xizmatlari savdosini amalga oshirish va belgilangan rejalarni bajarish
  • Mijozlar bilan qayta aloqa o‘rnatish, qiziqqan ota-onalarni kuzatib borish
  • Yangi qabul qilingan o‘quvchilarning maktab muhitiga tez va muammosiz moslashishini ta’minlash
  • Sotuv jarayonlari va mijozlar ma’lumotlari hisobini yuritish
  • Maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish

Imtiyozlar

  • Professional va qadriyatli jamoada ishlash
  • Kasbiy rivojlanish va o‘sish imkoniyati
  • Zamonaviy ta’lim muhitida faoliyat yuritish
  • Barqaror ish o‘rni va munosib daromad

Maosh tafsiloti

  • 5 000 000 – 9 000 000 so‘m

Ish vaqti

  • 5/2, 08:00–18:00

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 9 mln gacha
2mlnminimum
5mlno'rtacha
10+mlnmaksimum
ID 97782

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari