Sotuvchi (avtoshina va akkumulyator)
Bozordan yuqori maosh
ASKO
3 000 000 – 12 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
ASKO — O'zbekistondagi 86+ ta do'konga ega avtoshina, akkumulyator va diska savdosi tarmog'i. 500 kishilik jamoamizga qo'shiling. Yunusobod, Lunacharskiy, Jarkurganskiy filiallari uchun. Yunusobod, Mirzo ulug'bek va Yashnobodga yaqin hududlardan ham yozishingiz mumkin.
Vazifalar
- Mijozlarga shina, akkumulyator va disklarni tanlashda yordam berasiz
- Savdo rejasini bajarasiz va SAP tizimiga sotuvlarni kiritasiz
- Do'kon tozaligi va javonlarda tovar to'liqligini ta'minlaysiz
Talablar
- 18-35 yoshdagi erkaklar
- Savdoda kamida 1 yillik tajriba
- Excel va hisob-kitobni yaxshi bilish
- Yaxshi muloqot qobiliyati
- Zararli odatlarsiz, halol va sodiq inson
Imtiyozlar
- Rasmiy ishga qabul
- Yiliga 2 marta imtihon asosida oklad oshishi
- Bepul o'qitish
- Yiliga 2 marta bepul forma
- Har yili bepul teambuilding
- Pullik ta'til (1 yildan so'ng), 2 ta Hayit bayramida pullik dam olish
- Karyera: administratordan regional menejergacha
Maosh tafsiloti
- KPI: sotilgan har dona mahsulot uchun ulush
- Bonuslar: A kategoriya mahsuloti, cross-savdo va merchant savdosi uchun
- Jami daromad: 3 mlndan 12 mln so'mgacha, savdo natijasiga qarab
Ish vaqti
- 09:00–20:00, 6/1
Eslatma
Qo'ng'iroqqa javob bera olmasak bot orqali ma'lumotlaringizni qoldiring! Talabalarni ishga taklif qilolmaymiz.
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo‘ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o‘rnatish, pul o‘tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so‘ralsa, rozi bo‘lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to‘g‘riligi uchun javobgar emasmiz.
