Sotuv operatori

Sotuv operatori

Quarter Aspect Distribution

4 000 000 – 5 000 000 so'm

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-18:00
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

Ray Consulting — O‘zbekiston yoshlariga Janubiy Koreya universitetlariga o‘qishga kirishda yordam beruvchi kompaniya.

Vazifalar

  • Reklamadan kelgan issiq lidlarga qo‘ng‘iroq qilish — mijoz izlash shart emas
  • Kiruvchi qo‘ng‘iroq va murojaatlarni qabul qilish
  • Avval bog‘lanilmagan mijozlar bilan qayta aloqa o‘rnatish
  • Xizmatlar, tariflar, hujjatlar va Koreyada ta’lim olish jarayoni haqida tushuntirish
  • Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va e’tirozlariga javob berish
  • Viloyatdagi mijozlar bilan telefon orqali sotuvni yakunlash
  • Toshkentdagi mijozlarni konsultant yoki rahbar bilan uchrashuvga yozish
  • Qo‘ng‘iroqlar va bitimlarni Bitrix24 tizimida yuritish

Talablar

  • O‘zbek tilida ravon va savodli gapirish
  • Telefon orqali sotuv yoki call-markazda kamida 1 yillik tajriba
  • Mijozlarning e’tirozlari bilan ishlash va sotuvni yakunlay olish
  • Kompyuterdan erkin foydalana olish
  • Bitrix24 CRM dasturida ishlash tajribasi afzallik beradi

Maosh tafsiloti

  • Fiks oylik: 4 000 000 – 5 000 000 so‘m + KPI

Ish vaqti

  • 6/1, 09:00–18:00
  • Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 14A-uy, Novza metrosi yaqinida.

Eslatma

Rezyumeni yuboring. Xabarda sotuv sohasidagi tajribangiz va qaysi CRM dasturlari bilan ishlaganingizni yozing.

Bozorbop maosh

Bu e'lon · 5 mln gacha
1,5mlnminimum
5mlno'rtacha
18+mlnmaksimum
ID 124099

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari