Sotuv operatori
Bozordan yuqori maosh
Abdurahmon Prorab jamoasi
3 000 000 – 5 000 000 so'm
- Rus
- Ingliz
Ish tafsilotlari
ABDURAHMON PRORAB JAMOASIGA SOTUV OPERATORI KERAK! Lavozim: Sotuv operatori — 1 nafar qiz. Agar siz odamlar bilan tez til topishsangiz, gapirishni yaxshi ko‘rsangiz va sotuv orqali yaxshi daromad qilishni istasangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz!
Vazifalar
- Mijozlar bilan telefon orqali muloqot qilish
- Kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash
- Kurslar haqida batafsil ma’lumot berish
- Mijozlarga kurslarni sotish
- Potensial mijozlarni markazga jalb qilish
- CRM tizimida ishlash va hisobot yuritish
- O‘quvchilar va ota-onalar bilan muntazam aloqa qilish
Talablar
- 18–25 yoshdagi qiz
- Sotuv yoki call-markazda tajribaga ega bo‘lsa — afzallik
- Kompyuterda erkin ishlay oladigan
- Rus va/yoki ingliz tilini biladigan — afzallik
- Chiqishimli, shirinso‘z va ishontira oladigan
- Mas’uliyatli va halol
- Eng muhimi — natija uchun ishlashga tayyor
Imtiyozlar
- Sohada cheksiz rivojlanish imkoniyati
- Ahil va professional jamoa
- Rag‘batlantirish va doimiy qo‘llab-quvvatlash
- O‘sib boruvchi daromad
- Yangi ko‘nikmalar va tajriba
Maosh tafsiloti
- 3 000 000 – 5 000 000 so‘m
- Daromad natijangizga qarab oshib boradi!
Ish vaqti
- 6/7 | 08:00 – 17:30
Eslatma
Agar o‘zingizni sotuv sohasida sinab ko‘rmoqchi va rivojlanmoqchi bo‘lsangiz — jamoamizga qo‘shiling! O‘zingizga ishonsangiz — biz sizga imkoniyat beramiz!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
