Sotuv mutaxassisi (maishiy texnika)
Ish tafsilotlari
BOZORIM kompaniyasi sizni Sotuv Mutaxassisligiga ishga taklif qiladi! BOZORIM kompaniyasi O‘zbekiston bo‘ylab mijozlarga uy uchun kichik maishiy texnika mahsulotlarini sotadi.
Vazifalar
- Mijozlar bilan telefon orqali muloqot qilish
- Kichik maishiy texnika mahsulotlarini tavsiya qilish
- Buyurtmalarni rasmiylashtirish
Talablar
- 18–30 yosh
- Jinsi muhim emas
- 3 oylik sotuv tajribasi bolishi shart
- Mas'uliyatli va faol
- Muloqot qilishni yoqtiradigan
- O‘rganishga tayyor
- Natija uchun ishlashga tayyor
- Ko‘proq daromad topishni istaydigan
Imtiyozlar
- Barqaror maosh
- Har haftalik bonuslar
- Doimiy trening va rivojlanish
- Karyera o‘sishi: Sotuv Mutaxassisi → Katta Mutaxassis → Guruh Rahbari → Menejer
- Tug‘ilgan kun sovg‘alari
- Zamonaviy va qulay ofis
- Yosh, ahil va do‘stona jamoa
- Talabalarni ham ko‘rib chiqamiz
Maosh tafsiloti
- Oylik daromad: 3 000 000 – 10 000 000 so'm
- Eng yaxshi operatorlarimiz oyiga 15 000 000 so'm va undan yuqori daromad olishadi
- Har bir sotuv uchun 4%–12% foizgacha
Ish vaqti
- 6/1 09:00 – 18:00
Eslatma
Agar faqat oylik olib ishlashni istasangiz, bu ish siz uchun emas. Agar o‘z mehnatingiz evaziga yuqori daromad topishni istasangiz, BOZORIM sizni kutmoqda! Bo‘sh ish o‘rinlari soni cheklangan!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
