Sotuv menejeri (ta'lim)
Ish tafsilotlari
JAVLONBEK OTAXONOV JAMOASIGA KUCHLI SOTUV MENEJERLARI QABUL QILINMOQDA‼️
Bugun biz shunchaki navbatdagi xodimni emas, natija yaratadigan, sotuvni yaxshi ko'radigan va o'z daromadini o'zi boshqarishni istaydigan mutaxassislarni qidirmoqdamiz.
OSOY — sotuv va ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya. Biz insonlarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan ta'lim mahsulotlarini taqdim etamiz va ayni paytda eng kuchli sotuv jamoasini shakllantirmoqdamiz. Agar siz sotuvni shunchaki ish emas, kasb deb bilsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun.
Vazifalar
- Mijozlarga ta'lim mahsulotlari bo'yicha professional konsultatsiya berish
- Kiruvchi va chiquvchi murojaatlar bilan ishlash
- Mijoz ehtiyojini aniqlash va mos yechimni taklif qilish
- Sotuvni muvaffaqiyatli yakunlash va KPI ko'rsatkichlariga erishish
- CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish
Talablar
- Sotuv yoki Call Center yo'nalishida kamida 12 oylik tajriba
- O'zbek tilida ravon va ishonchli muloqot
- Muzokara olib borish va e'tirozlarni boshqarish ko'nikmasi
- Natijaga yo'naltirilgan, mas'uliyatli va intizomli
- O'z ustida ishlashni va rivojlanishni istaydigan mutaxassis
Imtiyozlar
- Korxona hisobidan tushlik
- Professional o'qitish va adaptatsiya
- Kuchli sotuv jamoasida ishlash imkoniyati
- Kasbiy va martaba o'sishi uchun real imkoniyat
Maosh tafsiloti
- Fiks oylik — 3 000 000 so'm
- KPI asosida bonuslar
- O'rtacha daromad — 8 000 000 so'm va undan yuqori
Ish vaqti
- 09:00 – 18:00
- Ish grafigi: 6/1
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
