Sotuv menejeri (suv biznesi uskunalari)
Ish tafsilotlari
Kogon shahrida joylashgan suv filtrlari va suv tozalash uskunalarini ishlab chiqaruvchi ATLANT FORTUNA korxonasi 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlarni sotuv menejeri lavozimiga ishga taklif qiladi. Xodim suv biznesiga doir uskunalar — suv filtrlari va suv ishlab chiqarish liniyalari savdosi bilan shug‘ullanadi.
Vazifalar
- mijozlar bilan telefon orqali va yuzma-yuz muloqot qilish;
- mijozlar haqidagi ma’lumotlarni yagona bazaga kiritish;
- yangi mijozlarni izlash va ular bilan ishlash;
- mijozlarga mahsulotlar bo‘yicha ma’lumot va tushuncha berish;
- savdo hajmini oshirish uchun marketing tadbirlarini amalga oshirish;
- eski mijozlarni saqlab qolish maqsadida mijozlar bazasini yaratish, ular bilan doimiy muloqot qilib, yangi tovarlar bilan tanishtirib borish.
Talablar
- 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar
- kompyuter va telefondan foydalana olish;
- odamlar bilan xushmuomala va erkin muloqot qilish;
- mas’uliyatli, halol va intizomli bo‘lish;
- yangi ma’lumotlarni tez o‘rganish;
- sotuv sohasida ishlash va rivojlanish istagi.
Maosh tafsiloti
- Ikki oylik stajirovka davrida — oyiga 3 000 000 so‘m;
- Stajirovkadan keyin — oyiga 5 000 000 so‘m va sotuv natijasiga qarab qo‘shimcha bonus.
Imtiyozlar
- Bonus: korxona hisobidan bepul tushlik.
Ish vaqti
- Soat 8:30 dan 18:30 gacha.
- Yakshanba — dam olish kuni.
Bozorbop maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
