Sotuv menejeri (santexnika do'koni)
3 000 000 – 6 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
Santexnika do'koniga Sotuv menejer ishga taklif qilinadi.
Biz premium santexnika mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan yangi do'konmiz. Mijozlarimizga zamonaviy dizayn, yuqori sifatli mahsulotlar va professional xizmat ko'rsatish orqali ishonchli xarid tajribasini taqdim etishni maqsad qilganmiz.
Vazifalar
- Savdo jarayonini to'liq olib borish va savdo rejasini bajarish
- BILLZ dasturida savdo va mahsulotlar hisobini yuritish
- Mahsulotlar, narxlar va aksiyalar haqida mijozlarga to'liq ma'lumot berish
- Ichki tartib-qoidalar va xizmat ko'rsatish standartlariga rioya qilish
Talablar
- Savdo sohasida kamida 6 oy ish tajribasi
- BILLZ dasturida ishlash tajribasi bo'lsa afzal
- Muloqot va sotuv olib borish ko'nikmalariga ega bo'lish
- Mas'uliyatli, intizomli va natijaga yo'naltirilgan bo'lish
- Jamoada samarali ishlash qobiliyatiga ega bo'lish
Imtiyozlar
- Tushlik kompaniya hisobidan
- Zamonaviy va qulay ish muhiti
- Professional rivojlanish va martaba o'sishi imkoniyati
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish
Maosh tafsiloti
- 3 000 000-6 000 000 so'm (fix+kpi)
Ish vaqti
- 6/1, 09:00-19:00
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

