Sotuv menejeri (Sales Manager)
Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:Kelishiladi
Ish vaqti:08:00-20:00
Jins:Farqi yo'q
Talab qilinadigan tillar:
- O‘zbek
Ish tafsilotlari
Jadal rivojlanayotgan Alif Academy jamoasiga savdoga qiziqishi baland, daromadini o‘zi belgilashni istagan faol Sotuv menejerlarini qidirmoqdamiz!
Vazifalar
- Kurslar bo‘yicha tushgan issiq lidlar (so‘rovlar) bilan ishlash va qo‘ng‘iroqlar qilish
- Mijozlarga kurslar haqida to‘liq ma’lumot va to‘g‘ri konsultatsiya berish
- E’tirozlar bilan ishlash va savdoni muvaffaqiyatli yakunlash
- Mijozlar bilan ishlash tarixini CRM tizimida yuritish
Talablar
- Savdo yoki mijozlar bilan muloqotda tajribangiz bo‘lsa — bu katta ustunlik beradi
- O‘zbek tilida ravon, chiroyli va savodli so‘zlasha olish
- Muloqotga ochiq, kirishimli va natijaga yo‘naltirilganlik
- Doimiy o‘rganishga va yuqori daromad topishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq
Imtiyozlar
- Tajribangiz bo‘lmasa ham o‘zimiz noldan o‘rgatamiz!
- Talabalar (studentlar) ham bemalol topshirishi mumkin
- Talabalar uchun moslashuvchan qulay grafik imkoniyati
- Chorsu hududida joylashgan barcha qulayliklarga ega ofis
- Tayyor issiq mijozlar oqimi
- Do‘stona yoshlar jamoasi va noldan kuchli mutaxassis bo‘lish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Belgilangan oklad + sotuvdan yuqori foizlar/bonuslar (KPI)
- Sotuvdan KPI: 1 oyda 100 sotuv 5.000.000
Ish vaqti
- 08:00 dan 20:00 gacha
- Talabalar uchun o‘qish vaqtiga qarab qulay grafik kelishiladi!
Eslatma
Ariza qoldirish uchun o‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot yoki rezyumeni (CV) yuboring.
Bu rol uchun odatdagi maosh
2mlnminimum
5mlno'rtacha
14+mlnmaksimum
ID 94104
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
