Sotuv menejeri (Sales Manager)
Bozordan yuqori maosh
- O‘zbek
Ish tafsilotlari
Jadal rivojlanayotgan Alif Academy jamoasiga savdoga qiziqishi baland, daromadini o'zi belgilashni istagan faol Sotuv menejerlarini qidirmoqdamiz! Alif Academy — onlayn maktab. Manzil: Namangan sh., Navoiy Kalsavoy. Agar ish vaqti sizga to'g'ri kelmasa, iltimos, qo'ng'iroq qilmang!
Vazifalar
- Kurslar bo'yicha tushgan issiq lidlar (so'rovlar) bilan ishlash va qo'ng'iroqlar qilish
- Mijozlarga kurslar haqida to'liq ma'lumot va to'g'ri konsultatsiya berish
- E'tirozlar bilan ishlash va savdoni muvaffaqiyatli yakunlash
- Mijozlar bilan ishlash tarixini CRM tizimida yuritish
Talablar
- Savdo yoki mijozlar bilan muloqotda tajribangiz bo'lsa, bu katta ustunlik beradi
- O'zbek tilida ravon, chiroyli va savodli so'zlasha olish
- Muloqotga ochiq, kirishimli va natijaga yo'naltirilganlik
- Doimiy o'rganishga va yuqori daromad topishga bo'lgan kuchli ishtiyoq
Imtiyozlar
- Tajribangiz bo'lmasa ham, o'zimiz noldan o'rgatamiz!
Maosh tafsiloti
- Daromad: sotuvdan yuqori foizlar/bonuslar (KPI) 3.500 000 - 10.000.000 so'mgacha
Ish vaqti
- 08:00 dan 20:00 gacha
Eslatma
Diqqat, nomzodlar uchun muhim shartlar:
- Bekorga vaqt olmang. Qo'ng'iroqni faqat chindan ishlash niyatingiz bo'lsagina qiling.
- Bir vaqtning o'zida 5–10 ta ishga ariza topshirib, hammasiga suhbatga borib, "tanlayman" deb yurmang. Bizda ish beruvchi sizni tanlaydi.
- Ariza qoldirish uchun o'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot yoki rezyumeni (CV) yuboring.
- Talabalar bezovta qilmasin.
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo‘ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o‘rnatish, pul o‘tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so‘ralsa, rozi bo‘lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to‘g‘riligi uchun javobgar emasmiz.
