Sotuv menejeri (Oflayn)
Ish tafsilotlari
Karyerangizni Englify bilan birga quring!
"ENGLIFY"— ingliz tilini zamonaviy va interaktiv metodikalar orqali o‘rgatadigan innovatsion onlayn maktab va mobil platforma. Bugun biz jamoamizga mas’uliyatli, tashabbuskor va natijaga intiladigan "Sotuv menejer"larini taklif qilamiz.
Vazifalar
- Raqam qoldirgan mijozlar bilan tezkor aloqa o‘rnatish
- Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos yechim taklif qilish
- Englify mahsulotlari va xizmatlari haqida aniq hamda professional ma’lumot berish
- Mijozlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va sotuv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash
Talablar
- Ingliz tilini B2 darajada yoki undan yuqori bilsangiz
- 18–27 yosh oralig‘ida bo‘lsangiz
- Operator yoki sotuv sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz (ustunlik beriladi)
- Kuchli muloqot qobiliyatiga ega bo‘lsangiz
- Chaqqon, mas’uliyatli va intizomli bo‘lsangiz
- O‘sishga va natijaga intilsangiz
Imtiyozlar
- Zamonaviy va professional ish muhiti
- O‘sib borayotgan kuchli jamoa
- Karyeraviy rivojlanish imkoniyati
- Bilim va ko‘nikmalarni doimiy rivojlantirish
- Natijaga munosib rag‘bat va daromad
Maosh tafsiloti
- 5 000 000 – 14 000 000 so‘m
- Fiksatsiyalangan maosh + KPI tizimi
- Daromadingiz sizning natijalaringiz, faolligingiz va rivojlanishingizga bog‘liq
Ish vaqti
- 11:00 – 20:00
Eslatma
Agar siz katta maqsadlarga intilsangiz, mas’uliyatdan qo‘rqmasangiz va o‘z salohiyatingizni to‘liq namoyon etishni istasangiz, biz sizni jamoamiz safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.
Murojaat uchun quyidagi havolaga o'ting: https://hr.englify.uz/apply/42?lang=uz
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

