Sotuv menejeri-konsultant (ayol)
Bu rol uchun odatdagi maosh
Maosh: Kelishiladi
Ish tafsilotlari
Jizzax shahri. Sotuv menejeri-konsultant (ayol) kerak. DOIMIY uzoq muddatli ISH. Qurilish kompaniyasi premium uy-joy sotuvi. Ofis shahar markazida.
Vazifalar
- Mijozlar bilan telefon, Telegram va Instagram orqali gaplashish
- Xonadonni tanishtirish, ko'rsatuv va ofisga uchrashuv tashkil qilish
- Mijozni kelishuvgacha olib borish va hisobotlari
Talablar
- O'zbek tilida chiroyli, ravon va ishonchli gapirish
- Sotuvda yoki mijoz bilan ishlashda tajriba (ko'chmas mulk, avto, mebel, bank, savdo)
- Lavozimga mos tashqi koʻrinish, muloyim, ozoda
- Kompyuter, Telegram, Google jadval bilan ishlay olish
- Halol va mas'uliyatli, hisobotni vaqtida topshiradigan
- 20 dan 40 yoshgacha
Imtiyozlar
- Tajribasizga ham imkon bor, lekin o'rganishga tayyor bo'lsin
- Qat'iy oylik + har bitimdan foiz
- Rasmiy ishga joylashish
- 1 hafta sinov muddati, keyin o'sish imkoniyati
Ish vaqti
- 9:00 dan 19:00 gacha moslashuvchan
- Haftada 1 kun dam olish
Eslatma
QUYIDAGILAR TO'GʻRI KELMAYDI: faqat abedgacha yoki faqat abeddan keyin ishlaydiganlar; qo'shimcha ish izlayotganlar; kuniga tumandan qatnaydiganlar; ko'p javob so'raydiganlar, yosh bolasi borlar; yaqinda turmushga chiqadiganlar.
Rezyume yuboring.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
