Sotuv menejeri (Interaktiv doskalar va infokiosklar)
Bozordan yuqori maosh
6 500 000 – 15 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
Vakansiya: Sotuv menejeri (Interaktiv doskalar va infokiosklar).
Biz zamonaviy texnologik yechimlar — Intouch smart-doskalari, axborot kiosklari va boshqa turdagi ilgʻor texnik jihozlar savdosi bilan shugʻullanamiz. Jamoamizga faol va intiluvchan sotuvchini qidirmoqdamiz!
Vazifalar
- Kiruvchi qoʻngʻiroqlarni qabul qilish, mijozlarga maslahat berish va faol sotuvlar (chiquvchi qoʻngʻiroqlar)
- Mijozlarga smart-doskalar va infokiosklarni professional darajada taqdim etish (prezentatsiya)
- Mijozlar bazasini yuritish va hisobotlarni topshirish
Talablar
- Sotuv sohasida ish tajribasi va texnik mahsulotlarni tushunish
- amoCRM tizimida ishlash tajribasi va kompyuterni yaxshi bilish
- Jamoada ishlash qobiliyati va chiroyli nutq
- Natijaga va yuqori daromadga intilish
Imtiyozlar
- Shaffof motivatsiya tizimi
- Mahsulot boʻyicha bepul oʻqitish va karyera oʻsishi imkoniyati
Maosh tafsiloti
- 6 500 000 dan 15 000 000 soʻmgacha (fiks + bonuslar + sotuvdan foiz)
Eslatma
Telegram orqali rezyume yuboring.
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

