Sotuv Menejeri (Dasturiy taʼminot)
My school
3 000 000 so'm
171 kishi murojaat qildi
Bozordan past maosh
Ish tafsilotlari
Dasturiy taʼminot Sotuv Menejeri (Sales Manager)
Kompaniya haqida:
Biz - xususiy maktab va bog‘chalarni raqamlashtirish hamda tizimlashtirishga ixtisoslashgan platforma. Loyihamizni yanada rivojlantirish maqsadida jamoamizga mehnatkash, kirishimli va natijaga yo‘naltirilgan Sotuv menejerlarini taklif qilamiz.
Ish haqi:
3,000,000 so‘m FIX + har bir bajarilgan reja uchun qo‘shimcha bonuslar (KPI).
Biz taklif qilamiz:
-
Qulay va shinam ofis (Novza metro bekati yaqinida)
-
Masofadan (online) ishlash imkoniyati
-
Mobil aloqa xarajatlari kompaniya tomonidan qoplanadi
-
O‘z vaqtida to‘lanadigan FIX + KPI maosh tizimi
-
Istalgan masala bo‘yicha rahbariyat bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati
-
Ahil va doimiy rivojlanib borayotgan jamoada ishlash
Asosiy vazifalar:
-
Mavjud mijozlar bazasi bo‘yicha sovuq qo‘ng‘iroqlar (cold calls) amalga oshirish
-
Potensial mijozlarga loyiha haqida qisqacha ma’lumot berish
-
Mijozlarni mutaxassis bilan onlayn uchrashuvga (demo) jalb qilish
-
CRM tizimini muntazam va tartibli yuritish
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
Sotuv sohasida ish tajribasi (B2B yo‘nalishidagi tajriba ustunlik beradi)
-
AmoCRM tizimi bilan ishlash tajribasi
-
Kirishimli, mas’uliyatli va tirishqoq bo‘lish
-
Kun davomida ko‘p sonli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga tayyor bo‘lish
-
Rus tilini bilish afzallik hisoblanadi
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
