Sotuv menejeri (Call-center)

Sotuv menejeri (Call-center)

ZEMBER

8 000 000 so'mdan

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-19:00
Jins:Erkaklar
Yosh:20 – 35
Talab qilinadigan tillar:
  • O‘zbek

Ish tafsilotlari

SOTUV MENEJERI (Call-center) — faqat ERKAK nomzodlar uchun

Zember — isitish qozonlari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniya. Jamoamizga telefon orqali sotuvni professional darajada yurita oladigan, tajribali sotuv menejeri qidiryapmiz.

Sizning ish kuningiz: Kirib kelgan mijozlar bilan ishlaysiz, shuningdek sovuq va iliq qo’ng’iroqlar qilasiz. Telegram, Instagram va WhatsApp orqali muloqotni davom ettirasiz, amoCRM’da mijozlar bazasini yuritasiz. Mijoz ehtiyojini aniqlaysiz, e’tirozlar bilan ishlaysiz va savdoni yopib, buyurtmani rasmiylashtirasiz. Zarur bo’lganda taqdimot va uchrashuvlar o’tkazasiz, haftalik va oylik hisobot topshirasiz.

Talablar

  • Jinsi: erkak, yoshi 20-35
  • Sotuv sohasida kamida 3 yillik tajriba
  • amoCRM yoki shunga o’xshash CRM tizimlari bilan ishlash tajribasi
  • O’zbek tilida ravon va aniq muloqot qila olish
  • Mijoz e’tirozlari bilan ishlash ko’nikmasi
  • Kompyuterda ishlash malakasi
  • Stressga chidamlilik va intizom

Maosh tafsiloti

  • FIX oylik: 8 000 000 so’m
  • KPI va bonuslar hisobiga umumiy daromad: 8 000 000 – 15 000 000 so’m
  • Har 15 kunda avans to’lovi

Imtiyozlar

  • Ishga qabul qilingandan so’ng o’qitish
  • Ish uchun zarur texnik jihozlar
  • Qulay ish sharoiti

Ish vaqti

  • 09:00–19:00, (6/1)

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · ≈8 mln
2mlnminimum
5mlno'rtacha
13+mlnmaksimum
ID 87594

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Farg'onada o'xshash ish o'rinlari