Sotuv menejeri (Call-center)
Ish tafsilotlari
"Pulse Medical Centre" zamonaviy tibbiyot markazi o'z jamoasiga kuchli Sotuv menejerlarini (Call-center) qidirmoqda!
Agar siz shunchaki "telefon ko'taruvchi" emas, balki bemorlarga to'g'ri yo'nalish beruvchi va sota oladigan maslahatchi bo'lishni istasangiz — bizning jamoaga qo'shiling!
Vazifalar
- Kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlar orqali mijozlarga xizmat ko'rsatish va qabulga yozish
- Bemorlarga klinika xizmatlari va narxlari haqida aniq ma'lumot berish
- Mijozlarga qo'shimcha kerakli tekshiruvlarni (Check-up) faol taklif qilish va sotish
Talablar
- Erkaklar va Ayollar
- 20-35 yosh
- Sotuv yoki Call-center sohasida 1 yildan kam bo'lmagan ish tajribasi
- Rus va O'zbek tillarida erkin va ravon so'zlasha olish
- Mijozni ishontira olish va e'tirozlar bilan ishlash qobiliyati
Imtiyozlar
- Tibbiyot sohasida bepul o'qitish va malaka oshirish treninglari
- Ahil va yosh jamoa
- O'zingiz va oila a'zolar uchun tibbiy xizmatlarda maxsus chegirmalar
- Tibbiy ma'lumot bo'lmasa — o'zimiz o'rgatamiz!
Maosh tafsiloti
- 6 000 000 so'mdan — 10 000 000 so'mgacha (Kafolatlangan oklad + har bir sotuv/yozilishdan yuqori bonuslar)
- Daromadda cheklov yo'q — qancha ko'p sotsangiz, shuncha ko'p topasiz
Eslatma
Hoziroq o'z rezyumeingizni yuboring va daromadli ishga ega bo'ling!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
