Sotuv menejeri (B2B/B2G)
UZ-GROW
$1 500
Atiga 6 kishi murojaat qildi, Siz ham shoshiling!
Bozordan yuqori maosh
Ish tafsilotlari
O‘zbekistonning issiqxona qurilishi va agrotexnologiyalar sohasida yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan UZ-GROW jamoasiga yangi Sotuv Menejerlarini taklif qiladi. Eng katta ustunligimiz: Kompaniyada tayyor B2B va B2G mijozlar bazasi mavjud. Siz mijoz qidirmaysiz, siz mahsulot va yechim sotasiz. Korxona halollik, shaffoflik va uzoq muddatli hamkorlik tamoyillari asosida ishlaydi. O‘zbekiston bozoridagi kuchli va ishonchli brend bilan ishlaysiz.
Talablar
- 20–30 yoshdagi erkak nomzodlar
- Sotuv sohasida kamida 1 yillik tajriba
- B2B yoki B2G yo‘nalishida ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi
- Muzokara olib borish va mijoz bilan ishlash ko‘nikmasi
- Kompyuterdan erkin foydalana olish
- Natijaga yo‘naltirilganlik
- Mas'uliyat va intizom
Imtiyozlar
- Karyera o‘sishi: Sotuv menejeri → Diler menejeri → Sotuv bo‘limi rahbari
- Zamonaviy va shinam ofis
- Kuchli va professional jamoa
- Doimiy rivojlanish va amaliy o‘qitish
- Katta loyihalar va yirik korxonalar bilan ishlash imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Daromad: 1 500$ gacha (oklad + KPI + bonuslar)
Ish vaqti
- 09:00 – 18:00
- Ish tartibi: 6/1
Eslatma
Ma’lumtingizni bot orqali qoldiring sizga uchrashuv kuni lakatsiya ma’lum qilinadi.
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

