Sotuv menejeri / Administrator
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ish tafsilotlari
STARLIGHT LEARNING CENTER jamoasini kengaytirmoqda! Ta'lim sifatini oshirishga hissa qo'shadigan, o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashadigan va professional rivojlanishga intiladigan mutaxassislarni ishga taklif qilamiz.
Vazifalar
- Telefon va messenjerlar orqali mijozlarni jalb qilish hamda sotuvni amalga oshirish
- Mijozlarni sinov darsiga yozish, tashrifini tasdiqlash va qayta aloqa o'rnatish
Talablar
- Full-time ishlashga tayyor bo'lish
- Mijozlar bilan ravon va professional muloqot qila olish
- CRM yoki elektron jadvallar bilan ishlay olish
- KPI asosida ishlashga va belgilangan natijalar uchun mas'uliyat olishga tayyor bo'lish
- Sotuv va administratorlik bo'yicha kamida 1 yillik tajribasi — ustunlik
Imtiyozlar
- Zamonaviy va qulay ish muhiti
- Professional jamoada ishlash imkoniyati
- Kasbiy rivojlanish va o'sish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Maosh va bonuslar — lavozim hamda malakaga qarab, suhbat davomida kelishiladi
Ish vaqti
- Ish grafigi: Lavozimga qarab belgilanadi
- Sotuv menejeri uchun full-time
Eslatma
Ariza yuborishda quyidagilarni yozing:
- Ism-familiyangiz
- Murojaat qilayotgan lavozimingiz
- Ish tajribangiz
- Sertifikat yoki tegishli natijalaringiz (mavjud bo'lsa)
- Bog'lanish uchun telefon raqamingiz
Nomzodlar bilan suhbat va lavozimga mos amaliy topshiriq asosida saralash o'tkaziladi.
Starlight Learning Center — sifatli ta'lim, mas'uliyat va rivojlanish!
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
