Sotuv menejeri
Ish tafsilotlari
Sotuv menejeri. Maosh: 4 000 000 - 15 000 000. Manzil: Toshkent shahri. Ish beruvchi: CITRUS TRAVEL KOMPANIYASI. Holat: faol.
Talablar
- Sotuv sohasida kamida 4–6 oylik ish tajribasi
- CRM tizimlarida ishlay olishi (AmoCRM yoki Bitrix24 ustunlik beradi)
- Kompyuter va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni bilishi
- Mijozlar bilan muzokara olib borish ko'nikmasiga ega bo'lishi
- Sotuv aylanasining asosiy bosqichlarini tushunishi
- O'z ustida ishlaydigan va rivojlanishga intiladigan bo'lishi
- Mas'uliyatli, intizomli va natijaga yo'naltirilgan bo'lishi
- Tashqi ko'rinish va muomala madaniyatiga e'tiborli bo'lishi
Vazifalar
- Potensial mijozlar bilan aloqa qilish
- Tur paketlar va xizmatlar bo'yicha konsultatsiya berish
- CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish
- Sotuv rejasini bajarish va oshirish
- Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish
- Kompaniya xizmatlarini professional tarzda taqdim etish
Qo'shimcha
Sotuv sohasida tajribangiz bormi? Sayohat qilishni yaxshi ko'rasizmi? Karyera qilish va yuqori daromad topishni istaysizmi? Unda sizni Citrus Travel jamoasiga taklif qilamiz!
Biz Sizga Taklif Qilamiz
- B2C sotuv bo'yicha bepul amaliy treninglar
- O'zbekistonning kuchli trener va kouchlaridan eksklyuziv treninglar
- Kompaniya hisobidan chet elga sayohat qilish imkoniyati
- Lavozim bo'yicha o'sish va rahbarlik pozitsiyalariga ko'tarilish imkoniyati
- Yuqori daromad va cheklanmagan bonus tizimi
- Kuchli jamoa va rivojlanish muhiti
- Karyeraviy o'sish va shaxsiy rivojlanish
- Zamonaviy CRM tizimlari bilan ishlash tajribasi
Agar siz: Sotuvni yaxshi ko'rsangiz; O'rganishga tayyor bo'lsangiz; Yuqori daromad topishni istasangiz; Kelajakda rahbar bo'lishni maqsad qilgan bo'lsangiz; Unda biz sizni jamoamizda kutamiz!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

