Sotuv menejeri
4 000 000 so'mdan
Fargona ISHBORIsh tafsilotlari
Kompaniyamiz jadal o‘sib borayotgan bozorni kengaytirish maqsadida sotuv menejerlarini qidirmoqda. Agar siz insonlar bilan muloqot qilishni yoqtirsangiz, maqsadga intilgan, faol va natijaga ishlaydigan bo‘lsangiz - siz aynan biz izlayotgan nomzodsiz!
Ish joyi: Farg'ona shahri, savdo ofisimiz
Talablar
- Kamida 1 yil sotuv sohasida ishlagan bo'lishi kerak !!!
- Talabalar to'g'ri kelmaydi, ish to'liq stavkada
- 20 - 35 yoshgacha bo‘lgan, faol va harakatchan shaxs
- O‘z fikrini aniq va ravon yetkazadigan, muloqotga kirisha oladigan
- Savdo yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi bo‘lsa zo‘r!
- Ayniqsa uy-joy sotish bo‘yicha tajriba bo‘lsa - alohida afzallik!
- Maqsadga intiluvchi, natija uchun javobgarlikni olishga tayyor
Vazifalar
- Kundalik ravishda yangi mijozlar bilan aloqaga chiqish (telefon, Telegram, ofisga tashrif)
- Savdo bo‘yicha kelishuvlarni yopish, CRM orqali hisobot yuritish
Taklif qilamiz
- Rasmiy oylik: 4 000 000 so‘m + sotuvlardan bonus (O‘rtacha daromad: 6–12 mln so‘mgacha)
- Faoliyatga qarab karyeraviy o‘sish imkoniyati (yetakchi menejer → guruh rahbari → filial boshlig‘i)
- Do‘stona va yosh jamoa, qulay ofis
- Barqaror va uzoq muddatli ish o‘rni
Eslatma
Nomzodlar tanlov asosida suhbatga chaqiriladi.
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
