Sotuv menejer (B2B)
Bozordan yuqori maosh
Ish tafsilotlari
Dasxat Brending jamoasi — naming, logo, brending va kreativ yechimlar bilan ishlaydigan, katta maqsadlarni ko‘zlagan agentstvomiz. Maqsadimiz — keyingi 3 yil ichida O‘zbekistondagi TOP-3 brending agentliklaridan biriga aylanish. Bizga shunchaki sotuvchi emas, natija olib keladigan menejer kerak — faqat qo‘ng‘iroq qiladigan emas, mijozni tushunadigan, ishonch uyg‘otadigan va savdoni yopishni biladigan sotuv menejeri kerak. Bizga “menga lead bering, qolganini ko‘ramiz” deydigan emas, har bir mijozga imkoniyat sifatida qaraydigan sotuvchi kerak. Agar siz B2B mijozlar bilan ishlashni bilsangiz, gap orqali ishonch qura olsangiz va savdoni natijaga olib bora olsangiz — bizga ariza qoldiring.
Talablar
- B2B sotuvda ishlagan tajriba
- Kuchli muloqot va muzokara olib borish ko‘nikmasi
- Sotuv bosqichlarini tushunish va bitimni yopishga intilish
- amoCRM bilan ishlay olish
- Natijaga yo‘naltirilganlik
- Mijoz bilan professional va ishonchli aloqa qurish
Imtiyozlar
- Online ishlash imkoniyati mavjud
- Natijaga qarab daromadni oshirish imkoniyati
- Muntazam team buildinglar va o‘sishga yo‘naltirilgan jamoa
Maosh tafsiloti
- 3-10 mln so‘m
Ish vaqti
- 9:00-17:00, 6/1
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

