Sotuv maslahatchisi (soat, atir va kumush buyumlar)
Ish tafsilotlari
Bizning soat, atir va kumush buyumlar do'konimizga (Hadiya do'koni) tajribali va muomalali sotuv maslahatchisi qidiryapmiz! Agar sotuvni zo’r qilsangiz, odamlar bilan muloqot qilishdan zavqlansiz va mehnatingizga yarasha daromad olishni istasangiz — bu e'lon aynan Siz uchun!
Talablar
- Yosh: 18–25 yosh
- Sotuv bo'yicha tajriba — bu shart (tajriba qilmoqchi bo'lganlar uchun afsuski bo'sh joy yo'q)
- Adabiy, chiroyli nutq — mijozlar bilan professional muloqot
- Tashqi ko'rinishga e'tibor beradigan — do'konimiz siymosi bo'lasiz
- Muomala va kommunikabellik — siz uchun insonlar bilan ishlash quvonch
- Namangan shahridan bo'lish shart
- Doimiy ish izlayotganlar uchun — faqat jiddiy niyatlilar
Imtiyozlar
- Mahsulot: Soat, atir va kumush buyumlar — hadiya do'koni (premium tovar bilan ishlash imkoniyati)
- Yaxshi ishlaganingizga yarasha yaxshi daromad!
Maosh tafsiloti
- Maosh: Suhbat asosida belgilanadi
Ish vaqti
- Dam olish: Haftada 1 kun
Eslatma
Qiziqsangiz, quyidagi havolani bosing va shaklni to'ldiring
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
