Sotuv agentlari
Bozordan past maosh
SMART DELIVERY INVESTMENT GROUP
4 000 000 so'mdan
Ish tafsilotlari
SOTUV AGENTLARI ISHGA TAKLIF QILINADI! SMART DELIVERY INVESTMENT GROUP jamoasiga qo'shiling va daromadingizni natijangizga qarab oshiring!
SMART DELIVERY INVESTMENT GROUP — 2022-yildan buyon faoliyat yuritayotgan, kundalik talabga ega oziq-ovqat va shirinlik mahsulotlarini chakana savdo nuqtalariga yetkazib berish va sotish bilan shug'ullanuvchi rivojlanayotgan kompaniya.
Mahsulotlarimiz:
- Turli xil jele mahsulotlari
- Turkcha paxlava va shirinliklar
- Bolalar uchun qiziqarli va mazali mahsulotlar
Vazifalar
- Savdo nuqtalariga tashrif buyurish
- Mijozlar bilan ishlash va mahsulotlarni taklif qilish
- Savdo hajmini oshirish
- Kunlik ish natijalari bo'yicha hisobot yuritish
Talablar
- 20–35 yosh
- Faol va mas'uliyatli bo'lish
- Odamlar bilan yaxshi muloqot qila olish
- Savdo va yuqori daromadga qiziqish
- Tez o'rganish va rivojlanishga tayyorlik
- Natija uchun ishlash istagi
Imtiyozlar
- Barqaror oylik va yuqori bonuslar
- Savdo bo'yicha bepul professional trening
- Tajribasiz bo'lsangiz ham — noldan o'rgatamiz
- Aniq va tushunarli bonus tizimi
- Tezkor martaba o'sishi: Agent → Supervayzer → Hudud rahbari
- Ahil va qo'llab-quvvatlovchi jamoa
- Rasmiy ishga qabul
Maosh tafsiloti
- 4 000 000 – 12 000 000+ so'm
- Oylik + KPI + cheklanmagan bonuslar
Ish vaqti
- 09:00 – 16:00, haftasiga 6 kun
- Ish hududi: Chirchiq tumani, Bo'stonliq tumani, Chinoz tumani, Oqqo'rg'on tumani
- Ofis manzili: Xalqlar do'stligi metro bekati yaqinida
Eslatma
Savdo sohasida tajribangiz yo'qmi? Muammo emas! Biz sizni noldan o'rgatamiz va ish jarayonida qo'llab-quvvatlaymiz. Bo'sh ish o'rinlari cheklangan!
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
