Sotuv agenti (savdo vakili)
Bozordan past maosh
5 000 000 so'mdan
Ish tafsilotlari
Farg'onadagi yirik ishlab chiqarish zavodiga Sotuv agenti va Call-center operatorlari kerak. Sotuv sohasida barqaror daromad topish va muvaffaqiyatli karyera qurishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif etamiz: SOTUV AGENTI (SAVDO VAKILI).
Vazifalar
- Belgilangan hudud bo'yicha savdo nuqtalariga (do'konlar, novvoyxonalar, B2B mijozlar) kunlik tashrif buyurish
- Yangi mijozlarni jalb qilish va kompaniyaning savdo hajmini oshirish
- Mahsulotlar taqdimotini o'tkazish, buyurtmalarni rasmiylashtirish
- Kunlik va haftalik sotuv hisobotlarini topshirish
Talablar
- Un, oziq-ovqat mahsulotlari yoki B2B savdo sohasida kamida 6–12 oy tajriba
- Oziq-ovqat va un, novvoyxona xomashyosi assortimentini tushunish va tez o'rganish qobiliyati
- Muloqotga kirishuvchanlik, muzokaralar olib borish va sotuv ko'nikmalari
- Nomzodlar: 20 yoshdan 40 yoshgacha
Imtiyozlar
- O'z vaqtida to'lanadigan oylik maosh: 5 000 000 so'm (fiks) + KPI
- Korxona hisobidan bepul issiq tushlik
- Korxona tomonidan o'qituv va qo'llab-quvvatlash
- Sinov muddatidan muvaffaqiyatli o'tgach, rasmiy bandlik
Eslatma
Arizalar joriy oyning 31-sanasigacha qabul qilinadi. Joylar soni cheklangan.
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

