SMM va kontent bo‘yicha yordamchi

SMM va kontent bo‘yicha yordamchi

Dentmed technology

4 000 000 – 10 000 000 so'm

25 kishi murojaat qildi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00 - 19:00
Jins:Farqi yo'q
Shoshilinch

Ish tafsilotlari

Dentmed Technology jamoasiga stomatologik uskuna va mahsulotlar haqida ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlashda marketing mutaxassisiga yordam beradigan SMM va kontent bo‘yicha yordamchi kerak.

Asosiy vazifalar:

  • Mahsulotlar, uskunalar va tadbirlarni foto va videoga olish

  • Reels va Stories uchun materiallarni saralash va oddiy montaj qilish

  • Post matnlari, sarlavhalar va subtitrlarni tayyorlash

  • Kontent reja asosida tasdiqlangan materiallarni sahifalarga joylashtirish

  • Filiallardan foto, video va kerakli ma’lumotlarni yig‘ishda yordam berish

  • Mahsulot nomi, artikuli, narxi va xususiyatlarini berilgan manbalar bilan tekshirish

  • Foto va video materiallarni tartibli saqlash

  • Bajarilgan ishlar bo‘yicha qisqa hisobot berish

Talablar:

  • Instagram va Telegram’da ishlashni, post, Stories va Reels formatlarini tushunish

  • Telefonda sifatli foto va video olishni bilish

  • CapCut yoki Premiere Pro’da oddiy videolarni montaj qila olish

  • Videolarni kesish, subtitr, musiqa va ovoz qo‘shishni bilish

  • Canva yoki Photoshop’da tayyor shablonlar asosida post, Stories va video muqovalarini tayyorlay olish

  • O‘zbek tilida savodli yozish

  • Rus tilidagi matnlarni tushunish

  • Qisqa reklama matnlari va video uchun g‘oyalar taklif qila olish

  • Topshiriqlarni vaqtida bajarish, detallarga e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lish

  • Yangi mahsulotlarni o‘rganishga va tuzatishlar asosida ishlashga tayyor bo‘lish

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 10 mln gacha
2,5mlnminimum
7mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
ID 100157

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari