SMM va kontent bo‘yicha yordamchi
Bozordan yuqori maosh
Dentmed technology
4 000 000 – 10 000 000 so'm
25 kishi murojaat qildi
Ish tafsilotlari
Dentmed Technology jamoasiga stomatologik uskuna va mahsulotlar haqida ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlashda marketing mutaxassisiga yordam beradigan SMM va kontent bo‘yicha yordamchi kerak.
Asosiy vazifalar:
-
Mahsulotlar, uskunalar va tadbirlarni foto va videoga olish
-
Reels va Stories uchun materiallarni saralash va oddiy montaj qilish
-
Post matnlari, sarlavhalar va subtitrlarni tayyorlash
-
Kontent reja asosida tasdiqlangan materiallarni sahifalarga joylashtirish
-
Filiallardan foto, video va kerakli ma’lumotlarni yig‘ishda yordam berish
-
Mahsulot nomi, artikuli, narxi va xususiyatlarini berilgan manbalar bilan tekshirish
-
Foto va video materiallarni tartibli saqlash
-
Bajarilgan ishlar bo‘yicha qisqa hisobot berish
Talablar:
-
Instagram va Telegram’da ishlashni, post, Stories va Reels formatlarini tushunish
-
Telefonda sifatli foto va video olishni bilish
-
CapCut yoki Premiere Pro’da oddiy videolarni montaj qila olish
-
Videolarni kesish, subtitr, musiqa va ovoz qo‘shishni bilish
-
Canva yoki Photoshop’da tayyor shablonlar asosida post, Stories va video muqovalarini tayyorlay olish
-
O‘zbek tilida savodli yozish
-
Rus tilidagi matnlarni tushunish
-
Qisqa reklama matnlari va video uchun g‘oyalar taklif qila olish
-
Topshiriqlarni vaqtida bajarish, detallarga e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lish
-
Yangi mahsulotlarni o‘rganishga va tuzatishlar asosida ishlashga tayyor bo‘lish
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
