SMM mutaxassisi / kontent-menejer

SMM mutaxassisi / kontent-menejer

8 000 000 so'mdan

Atiga 5 kishi murojaat qildi, Siz ham shoshiling!

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:10:00-19:00
Jins:Farqi yo'q
Talab qilinadigan tillar:
  • 🇷🇺Rus
  • 🇺🇿O‘zbek

Ish tafsilotlari

SMM MUTAXASSISI / KONTENT-MENEJER QIDIRAMIZ! Agar siz uchun SMM shunchaki «post joylash» emas, balki g‘oya yaratish, suratga olish jarayonini tashkil qilish, trendlarni kuzatish va kontentni biznes natijasiga aylantirish bo‘lsa - unda biz birga ishlashimiz mumkin! Kontent yo‘nalishini to‘liq o‘z qo‘liga oladigan mutaxassis izlayapmiz - strategiya va ssenariylardan tortib, kontentni joylashtirish va natijalarni tahlil qilishgacha.

Maosh tafsiloti

  • Sinov muddati davomida - 6 000 000 so‘m
  • Sinov muddatidan so‘ng - 8 000 000 so‘m

Ish vaqti

  • 6/1, 10:00 dan 19:00 gacha

Imtiyozlar

  • Kompaniya xizmatlari va mahsulotlariga 50% chegirma

Vazifalar

  • Kontent strategiyasi va kontent-rejalarini ishlab chiqish
  • Biznes maqsadlariga mos format, g‘oya va ssenariylar yaratish
  • Trendlarni kuzatish va ularni loyihalarga tezkor moslashtirish
  • Suratga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish
  • Lokatsiyalar, aktyorlar va blogerlarni izlash
  • Foto va video kontent yaratish
  • Reels, TikTok, Stories va Telegram bilan ishlash
  • Kontentni reja asosida joylashtirish va rasmiylashtirish
  • Dizayn va video montaj bilan ishlash
  • Muddatlar va kontent ishlab chiqarish jarayonini to‘liq nazorat qilish
  • Statistikani tahlil qilish va natijalarni yaxshilash
  • Kompaniyani rivojlantirish va yangi mijozlarni jalb qilishda ishtirok etish

Talablar

  • SMM sohasida real ish tajribasiga ega mutaxassis
  • SMM va digital-marketingni yaxshi tushunadigan
  • Reklama kabinetlari va analitika bilan ishlash ko‘nikmasiga ega
  • Suratga olish jarayonlarini tashkil qilish va blogerlar bilan ishlash tajribasiga ega
  • Rus va o‘zbek tillarini biladigan
  • Jarayonlar va jamoani boshqarish ko‘nikmasiga ega
  • Google Sheets va ofis dasturlaridan ishonchli foydalana oladigan
  • Raqobatchilarni ko‘chirmasdan, yangi va zamonaviy g‘oyalar yarata oladigan ijodkor

Eslatma

  • Ish tajribasi majburiy. Tajribasiz nomzodlardan murojaat qilmasliklarini so‘raymiz.

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · ≈8 mln
2,6mlnminimum
6,5mlno'rtacha
12+mlnmaksimum
ID 80342

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash vakansiyalar