SMM mutaxassisi

SMM mutaxassisi

Frateli Premium Group

Maosh: Kelishiladi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

Frateli Premium Group jamoasiga SMM mutaxassisi izlayapmiz. Bizda bir nechta fashion va sport brendlari bor va bizga ularni ijtimoiy tarmoqlarda chiroyli va qiziqarli ko‘rsata oladigan inson kerak.

Vazifalar

  • Brendlar uchun kontent-reja tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarni yuritish
  • Foto va video kontent olish, Reels montaj qilish
  • Stories va postlar uchun vizual hamda matnlar tayyorlash
  • Direct va izohlardagi murojaatlarga javob berish
  • Kontent yaratish uchun do‘konlarga muntazam borish
  • Marketing Manager bilan birgalikda marketing rejasi asosida ishlash

Talablar

  • Bu vakansiyada biz uchun necha yil ishlaganingizdan ko‘ra nima qila olishingiz muhimroq
  • SMM bo‘yicha amaliy tajribangiz va ko‘rsatadigan ishlaringiz bo‘lishi kerak
  • Telefon orqali sifatli kontent ola bilishingiz kerak
  • Video montaj va oddiy dizayn dasturlarida ishlay olishingiz kerak
  • Fashion yoki retail tajribasi bo‘lsa — yaxshi. Bo‘lmasa ham ko‘rib chiqamiz
  • Vizual did va kuzatuvchanlik

Ish vaqti

  • Farg‘ona, oflayn

Eslatma

Rezyume bilan birga portfolio yoki o‘zingiz yuritgan sahifalarni ham yuboring.

P.S. Agar SMM siz uchun faqat tayyor rasmga matn yozib, post joylashtirish bo‘lsa — bu vakansiya sizga mos kelmaydi.

Bu rol uchun odatdagi maosh

0,8mlnminimum
6mlno'rtacha
10+mlnmaksimum
ID 103720

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Farg'onada o'xshash ish o'rinlari