SMM menejer (oziq-ovqat)
Ish tafsilotlari
MChJ “Welmar Distribution” — oziq-ovqat importi va distribyutsiyasi bilan shug’ullanuvchi kompaniya.
SMM mutaxassisi! Ish qidiryapsizmi yoki karyerangizni o’stirmoqchimisiz? Oylik muhim. Lekin o’sish undan ham muhim. Agar siz shunchaki post joylaydigan emas, haqiqiy brend yaratishda ishtirok etishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Vazifalar
- 2 ta SMM loyihasini yuritish
- Kontent reja ishlab chiqish va amalga oshirish
- Kreativ kontent yaratish va rivojlantirish
- Brendning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini oshirish
Talablar
- 20–30 yoshdagi yigit
- O’zbek va rus tillarini biladi
- SMM bo’yicha amaliy tajribaga ega
- Mas’uliyatli, intizomli va kreativ
- O’sishni va katta natijalarga erishishni xohlaydi
Imtiyozlar
- Karyera o’sishi: Natija ko’rsatsangiz, mas’uliyatingiz va daromadingiz ham tez o’sadi
- Real loyihalar: Kompaniyaning brendlarini rivojlantirishda bevosita ishtirok etasiz
- Yosh va kuchli jamoa: G’oyalaringiz qadrlanadigan muhitda ishlaysiz
- Qulay ish sharoiti
- Korporativ ijtimoiy paket
Maosh tafsiloti
- 7 000 000 - 10 000 000 so’m (tajriba va natijangizga qarab undan ham yuqoriroq kelishamiz)
Ish vaqti
- 5/2 grafik
Eslatma
Outsourcing agentliklari va kompaniyalardan murojaatlar qabul qilinmaydi. Biz faqat 1 nafar SMM mutaxassisini ishga olamiz. Agar o’zingizni kuchli nomzod deb hisoblasangiz, hoziroq yozing. Bo’sh ish o’rni uzoq kutmaydi.
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

