SMM Menejer
Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti
Maosh: Kelishiladi
Atiga 6 kishi murojaat qildi, Siz ham shoshiling!
Ish tafsilotlari
Talablar:
- SMM yo‘nalishida kamida 1–2 yillik ish tajribasi;
- Instagram, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarni professional darajada yurita olish;
- Kontent strategiyasi, rubrikator va oylik kontent-reja tuza olish;
- Reels, Stories, post va reklama kreativlari uchun g‘oya hamda ssenariylar ishlab chiqish;
- Copywriting va matn bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Auditoriyani tahlil qilish va samarali kommunikatsiya qura olish;
- Trendlarni kuzatish va ularni brendga moslashtira olish;
- Grafik dizayner va videograf bilan jamoada samarali ishlash;
- Reach, Engagement, ER, Views va Leads kabi ko‘rsatkichlarni tahlil qila olish;
- Mas’uliyatli, kreativ, tashabbuskor va belgilangan muddatlarga amal qiladigan bo‘lish.
Asosiy vazifalar:
- Universitetning ijtimoiy tarmoqlarini to‘liq boshqarish;
- Haftalik va oylik kontent-rejalarni ishlab chiqish;
- Universitet hayoti, talabalar, ustozlar, qabul jarayoni va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kontent yaratish;
- Reels va Stories uchun kreativ g‘oya hamda ssenariylar tayyorlash;
- SMM orqali universitet brendining tanilish darajasini oshirish;
- Komment va Direct orqali auditoriya bilan muloqotni boshqarish;
- Marketing kampaniyalarini SMM kontenti bilan uyg‘unlashtirish;
- Kontent natijalarini muntazam tahlil qilish va samaradorligini oshirib borish.
Biz taklif qilamiz:
- Rivojlanayotgan universitet brendi bilan ishlash imkoniyati;
- Kuchli marketing jamoasi tarkibida yirik loyihalarda ishtirok etish;
- Kreativ g‘oyalarni amalga oshirish uchun erkin muhit;
- Professional rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyati;
- Katta auditoriyaga mo‘ljallangan loyihalar orqali portfolio boyitish;
- Ahil va natijaga yo‘naltirilgan jamoada ishlash.
Nomzodga qo‘shimcha talab:
Bizga oddiy post joylashtiradigan emas, auditoriyani chuqur tushunadigan, kontent orqali brendni rivojlantira oladigan va natijaga yo‘naltirilgan SMM menejer kerak.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
