SMM menejer
Ish tafsilotlari
“Navoiyda Bugun” jamoasiga SMM menejer ishga taklif qilinadi! Bizga shunchaki post joylaydigan emas, g’oyasi kuchli, kontent strategiyasi tuza oladigan va media loyihalarni boshqara oladigan SMM menejer kerak.
Talablar
- 20 yoshdan katta bo’lishi
- SMM sohasida amaliy tajribaga ega bo’lishi
- Kontent reja (Content Plan) va kontent strategiyasi ishlab chiqa olishi
- Kreativ g’oyalar yaratishi va ularni jamoa bilan amalga oshira olishi
- Foto, video va dizayn jamoasi ishini rejalashtirib, nazorat qila olishi
- Loyihalarni boshidan oxirigacha boshqara olishi
- Analitik fikrlashi va natijalarni tahlil qila olishi
- Mas’uliyatli, tashabbuskor va jamoada ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi
Imtiyozlar
- Professional jamoada ishlash
- Yirik media loyihalarda ishtirok etish
- O’sish va rivojlanish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh: 5 000 000 – 10 000 000 so’m (tajriba va suhbat natijasiga qarab)
Agar siz media sohasida kreativ g’oyalar yaratishni, kuchli jamoa bilan ishlashni va katta loyihalarni boshqarishni istasangiz — biz sizni kutamiz!
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
